Di Mariya Gvardiola boshchiligidagi "Barselona" bilan o‘yinlarni esladi
Lissabonning “Benfika” klubining argentinalik vingeri, avvalroq “Real”da to‘p tepgan Anxel Di Mariya “Barselona” bilan Pep Gvardiola boshchiligidagi o‘yinlari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
"Gvardiolaning "Barselona"sini mag‘lub etishning yagona yo‘li - to‘pni ulardan tortib olish edi. Ulardan ko‘ra ko‘proq jang qiling va yuguring. Bu maydondagi bosim va keskinlikni oshiradi. Men har doim Messi haqida o‘ylardim, uni xafa qilishni xohlamadim, lekin bizda uni to‘xtatishning boshqa yo‘li yo‘q edi", deydi Di Mariya.
Gvardiola 2008 yildan 2012 yilgacha "Barselona" asosiy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.