Koke doim Messi va Ronalduni mag‘lub etishni xohlagan
Koke La Ligada jamoasining g‘alabasi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Ispaniya chempionatining 2013/14-yilgi mavsumi 38-turida “Barselona” o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qildi. Chempionlik uchun "matraschilar" yutqazmasliklari kerak edi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1.
"Kamp Noudagi o‘yin kuni men juda asabiy edim. Men maydonga chiqib, shu daqiqalardan zavq olishim kerak edi. "Kamp Nou"da La Ligadagi g‘alabani qo‘lga kiritish eng shirin xotiralarni bergan.
O‘shanda “Barselona”da Messi, “Real”da esa Krishtianu bor edi, tasavvur qiling, saviya qanday edi. Bular men doimo mag‘lub etishni xohlagan raqiblar bo‘lgan", - dedi “Atletiko” yarim himoyachisi.