"Bavariya" yetakchisi kelajagi haqidagi savolga javob berdi
"Bavariya"ning yosh yetakchisi Jamol Musiala kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Ayni damda bor e’tiborimni Germaniya terma jamoasi va “Bavariya”ga qaratganman. Bilaman, ko‘plab top-klublar mening holatimni kuzatib borishmoqda. Lekin o‘zimga keraksiz bosim yaratmaslik uchun bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman.
Men uchun formani saqlab qolish va eng yaxshi o‘yin ko‘rsatish muhim. Vaziyat tinchlansa, men kelajak haqida o‘ylay olaman. O‘ylaymanki, qishki tanaffusda nimadir ma’lum bo‘ladi", - deya Musialadan iqtibos keltiradi RND.
Musiala xizmatlariga “Real”, “Manchester Siti” va boshqa bir qator Yevropa grandlari qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi.