Musiala: "Kelajagim haqida qishki tanaffusda ko‘p narsa ma’lum bo‘ladi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala yana kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
"Hozir bor e’tiborimni terma jamoa va "Bavariya"da o‘ynashga qaratganman. Ko‘pchilik mening ahvolimni kuzatib borishini bilaman, lekin men bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman. Men uchun tanaffusga qadar sog‘lom bo‘lish va o‘zimning eng yaxshi futbolimni o‘ynash muhim. Keyin bu haqda o‘ylab ko‘rishim mumkin. O‘ylaymanki, qishki tanaffusda ko‘p narsa ma’lum bo‘ladi", - dedi Musiala RND bilan suhbatda.
Musiala 2020 yildan beri "Bavariya"ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachining narxi 130 million yevroni tashkil qiladi.