Fred: "Yaqin kelajakda biz irqchilik haqida eshitmaymiz"
Fred irqchilik mavzusida gapirdi.
Braziliyalik futbolchining UYEFA veb-saytiga bergan intervyusi BMT tomonidan joriy etilgan Xalqaro bag‘rikenglik kuniga to‘g‘ri keldi.
"Bu 2024 yilda ham davom etayotgani dahshatli. Ammo biz doimo qurbon bo‘lamiz, deb o‘ylamasligimiz kerak. Terining rangi, irqi, dinidan qat’iy nazar birlashishimiz kerak. Biz hammamiz birmiz, hammamiz insonmiz.
Futbol bu borada kuchli sport turidir. Hamma futbolni yaxshi ko‘radi, u butun dunyoni qamrab oladi. Hammamiz irqchilikka barham berish uchun kurashaylik. O‘yinchilarning xabari ko‘pchilikka yetib boradi.
Ba’zi odamlar biroz orqada va irqchilikni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin men insoniyat sifatida birgalikda to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganimizga ishonaman.
Ishonamanki, yaqin kelajakda biz endi irqchilik haqida eshitmaymiz - ammo bu sodir bo‘lmaguncha, biz kurashishimiz, birlashishimiz va kuchli bo‘lishimiz kerak", - dedi "Fenerbaxche"da o‘ynayotgan "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Fred.