"MYU" futbolchisi jarohat sababli Argentina terma jamoasiga yordam bera olmaydi
Lisandro Martines Argentinaning noyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
TyC Sport nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" futbolchisi Angliya chempionati doirasida "Lester"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Og‘ir jarohati tufayli u terma jamoada o‘ynay olmaydi.
Martines o‘rniga "Lans" futbolchisi Fakundo Medina terma jamoaga chaqirildi.
Lisandro joriy mavsumda Premyer-ligada 10 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda 11 ta o‘yin o‘tkazgan.