Xames Rodriges hozircha peshqadam
Yarim himoyachi Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasi uchun o‘yinda yana o‘zini ko‘rsatdi.
33 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi o‘yinda Chilini mag‘lub etishda (4:0) yordam berib, golli uzatmani amalga oshirdi.
"Rayo Valyekano"ning hujumkor yarim himoyachisi hozirda Janubiy Amerika saralash turnirida to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi – bu eng yaxshi ko‘rsatkich. Ikkinchi o‘rinni Neymar, Moyses Kaysedo, Nikolas de la Krus va Roberto Fernandes bo‘lishib turibdi - ularning har biri uchtadan golli uzatmaga ega.
Kolumbiya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida peshqadamlik qilayotgan Argentina bilan ochkolar bo‘yicha tenglashdi, biroq "albiseleste"da bitta zaxira o‘yini bor.