Messi Argentina termasi uchun 110-golini urdi
Argentina - Boliviya uchrashuvida Lionel Messi hisobni ochdi.
37 yoshli hujumchi JCH-2026 saralash bosqichidagi o‘yinning 19-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Messi 10 iyul, Amerika kubogi yarim finalida argentinaliklar kanadalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratganidan buyon ilk bor "albiseleste" safida raqib darvozasini ishg‘ol qilganini ta’kidlab o‘tish lozim.