Amorim: "Zirkzee "Arsenal"ga qarshi o‘yinni biz uchun o‘zgartirdi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya kubogi 1/32 finalida Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi o‘yindan keyin hujumchi Joshua Zirkzee o‘yini haqida gapirdi. Niderlandiyalik futbolchi 81-daqiqada maydonga tushdi va penaltilar seriyasida gol kiritdi.
"Joshua yaxshi yigit. Hayot shunday tus oldiki, u qiyin damlarni boshdan kechirdi va bugun u biz uchun o‘yinni o‘zgartirdi. Bu jamoadagi barcha futbolchilarda imkoniyat bo‘ladi va ularning barchasi omadli, chunki ular "Manchester Yunayted"da o‘ynashadi", - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati rasmiy saytida.