Amorimning fikricha, "Manchester Yunayted"da ishlash "Arsenal"da ishlashdan ko‘ra qiyinroq
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Mikel Artetaning "Arsenal"dagi pozisiyasi haqida gapirdi. Ispaniyalik 2019 yil oxirida “kanonirlar”ni qabul qilib olgandi.
"Ba’zida menejerlar sovrinlari bilan baholanadi, lekin menimcha, Arteta ajoyib ish qildi. U jamoani o‘zgartirdi.
"Arsenal" Artetaga ishonadimi? Rostini aytsam, “Manchester Yunayted”da vaziyat biroz boshqacha. Sizlar bizga shunchalik e’tibor berasizlar, shuning uchun bu yerda qiyinroq bo‘lishi mumkin", dedi Amorim chorshanba kuni “Arsenal”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida.