Gyundogan Gvardiolaga qanday munosabatda ekanligiga javob berdi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bosh murabbiy Pep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi.
«Gvardiola bilan munosabatlarimiz mustahkam, biz bir-birimizni juda qadrlaymiz. Biz yetti yildan beri birga ishlayapmiz - tez orada bu sakkizga o‘zgaradi. Ko‘p ko‘tarilishlar va ba’zan pasayishlar bo‘ldi va bularning barchasi murabbiy va futbolchilar o‘rtasida mustahkam aloqani yuzaga keltirdi. Bu siz boshqa hech qachon boshdan kechirmaydigan lahzalardir», dedi Gyundogan «Manchester Siti» matbuot xizmati bilan suhbatda.