Amorim Zirzeega nisbatan hushtakbozliklarga munosabat bildirdi
Hujumchi Joshua Zirkzee "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda almashtirilganidan so‘ng hushtakbozliklarga uchradi. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim niderlandiyalik futbolchining ahvoli haqida gapirdi.
"U o‘yin davomida shunday vaziyatga tushib qoldi. Bu har qanday futbolchi uchun juda qiyin, lekin shunday bo‘lishi mumkin. Futbolchilar bu futbolning bir qismi ekanligini tushunishadi. Ba’zida karyerangizda yaxshi damlar bo‘ladi, ba’zida esa ishlar siz xohlagandek bo‘lmaydi.
Zirkzee diqqat markazida. U juda yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmoqda, lekin biz tushunishimiz kerakki, ba’zida o‘yinchilar o‘zlarini ishonchsiz his qilishadi va keyin o‘yinda vaziyat ular uchun ancha qiyinlashadi", - dedi Amorim matbuot anjumanida.