"Milan" yarim himoyachisi bugun ijraga beriladi
"Milan" yarim himoyachisi Noa Okafor "Leypsig"ga ijara asosida o‘tishga yaqin turibdi.
Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi 24 yoshli shveysariyalik futbolchini mavsum oxirigacha taxminan 1 million yevro evaziga, 25 million atrofida sotib olish opsiyasi bilan ijaraga beryapti.
Kelishuv bugun yakunlanishi kutilmoqda.
Okafor A Seriyaning joriy mavsumida 11 uchrashuvda 1 ta gol urdi.