Kasilyas: "Bugun A Seriya yanada raqobatbardosh ligaga aylandi"
Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Italiya A seriyasi saviyasi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, darvozabon “Portu”da ishlagan “Milan”ning yangi bosh murabbiyi Serxio Konseysau haqida gapirdi.
“Bugun A Seriya yanada raqobatbardosh ligaga aylandi, so‘nggi yillarda ko‘plab turli jamoalar chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Bugun men kuchli “Napoli”, “Atalanta”ni, katta jamoalarga raqobat tug‘dira oladigan “Inter” va “Milan”ni ko‘rmoqdaman, Konseysau kelishi bilan ajoyib tizim yaratdi.
Serxio o‘z o‘yinchilarining eng yaxshi tomonlarini qanday chiqarishni biladi", - deya Kasilyasning so‘zlarini keltiradi Milan News.