Gvardiola Uokerning kelajagi haqida gapirishdan bosh tortdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasidagi "Brentford"ga qarshi o‘yindan oldin himoyachi Kayl Uokerning kelajagi haqida gapirishdan bosh tortdi.
"Men aytganimni aytdim. Boshqa hech narsa qo‘shmayman. Menda hech qanday yangilik yo‘q. Xayolimda faqat "Brentford" bilan o‘yin...", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Hozirda Uoker faoliyatini davom ettirish uchun "Milan" bilan faol muzokaralar olib bormoqda.