Uoker Saudiya Arabistoni klublariga javob qaytardi
Himoyachi Kayl Uoker “Manchester Siti”ni tark etib, boshqa davlatda o‘ynamoqchi. Tajribali futbolchining bu istagini “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham tasdiqlashga ulgurdi.
Tabiiyki, mish-mishlar 34 yoshli Uokerni Saudiya Arabistonining badavlat klublari bilan bog‘lay boshladi. Biroq, "Manchester Siti" himoyachisi ularga Yevropada o‘ynashni davom ettirish istagi haqida ma’lum qildi.
Kayl Uoker “Manchester Siti” safida 319 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchini 10 million yevroga baholamoqda.