Uoker bilan shaxsan Zlatan muzokaralar olib boradi
Himoyachi Kayl Uoker qishki transfer oynasida "Manchester Siti"ni tark etish istagini bildirdi. So‘nggi kunlarda mish-mishlar Uokerni "Milan" bilan bog‘lashdi. "Transfer News Live"ning taniqli jurnalist Loik Tanziga tayanib xabar berishicha, 34 yoshli Uoker "Milan" xo‘jayinlarining maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich bilan muzokara olib borgan. Ingliz va shved "rossonerilar"ning sport loyihasini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Kayl Uokerning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Nufuzli "Transfermarkt" portali ekspertlari tajribali futbolchini 10 million yevroga baholamoqda.