"Nyukasl" Dubravkani o‘zida saqlab qolish niyatida
Angliyaning "Nyukasl" klubi o‘z darvozaboni Martin Dubravkani Saudiya Arabistonining "Ash-SHabab" klubi bilan kelishuvga erishganiga qaramay, hamkorlikni davom ettirishga ko‘ndirmoqchi.
"Nyukasl" Dubravkaning yanvardan keyin qolishini istaydi. "Al-SHabab" bilan kelishuv og‘zaki kelishilgan va Dubravka "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislar bilan xayrlashgandek bo‘ldi.
35 yoshli slovakiyalik futbolchi APLning joriy mavsumida beshta o‘yin o‘tkazdi.