Mourinyo sobiq shogirdini o‘z klubida ko‘rishni xohlaydi
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo qishki transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirishni istamoqda.
TodoFichajes portalining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o‘z futbolchilari orasida hujumchi Son Xyon Minni ham ko‘rishni kutmoqda.
32 yoshli Sonning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. London klubi yozda uni erkin agent sifatida tekinga boy bermaslik uchun koreyalik forvardni qishda sotishi mumkin.