Ronaldu tez orada bu masalaga oydinlik kiritib oladi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Portugaliyalik futbolchi yanvar oyi davomida klubi bilan bog‘liq yangi shartnoma borasidagi muammoni hal qilmoqchi.
39 yoshli Ronalduning “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
FIFA qoidalari Krishtianuga 1 yanvardan boshlab xorij klublari bilan erkin muzokara olib borish imkonini beradi.