Vinisius "Real"ni tark etishi mumkin
Madridning “Real” klubi yulduz hujumchi Vinisius Junior faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo sahifalarida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga "PSJ" klubi qiziqmoqda. Parij grandi rahbariyati Vinisiusga o‘n yillik mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor.
Braziliyalikning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 200 million yevroga baholamoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Vinisius 14 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.