"Yuventus" sobiq futbolchisi Saudiyada ishlashi mumkin
Mashhur sobiq futbolchi Pavel Nedved "Ash-SHabab" rahbariyatidan joy olishi mumkin.
Saudiya klubi chexiyalikni bosh direktor etib tayinlash borasida kelishuvga yaqin turibdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Qayd etilishicha, “Ash-SHabab” yanvar oyida shartnomani yopish umidida sobiq yarim himoyachiga juda foydali taklif bilan chiqqan.
Pavel Nedved 2015—2022-yillarda «Yuventus» vise-prezidenti, 2010—2015-yillarda esa Turin klubi boshqaruvi a’zosi bo‘lib ishlagan.