"Manchester Siti" futbolchisi borasida takliflarni ko‘rib chiqadi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachi Bernardu Silvani sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
"Shaharliklar" rahbariyati asosiy e’tiborni tarkibni yoshartirishga qaratgan. Jurnalist Sami Mokbelning so‘zlariga ko‘ra, 30 yoshli Silva klubdagi kelajagi noaniq bo‘lib qolayotgan futbolchilardan biri.
So‘nggi yillarda portugaliyalikning ketishi borasida turli mish-mishlar tarqalgan va "Manchester Siti" manba ta’kidlaganidek, yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor edi. Futbolchini 2025 yilning yozida ham saqlab qolmasligi ehtimoli katta.