Ronaldu: "Vinisius "Oltin to‘p"ga loyiq edi, nohaqlik bo‘ldi"
Saudiyaning "An-Nasr" klubi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real" vingeri Vinisius Junior joriy yil "Oltin to‘p"ga loyiq bo‘lganini aytdi.
"Vinisius Junior "Oltin to‘p"ga eng loyiq futbolchi edi. Rodri ham munosib, ammo Vini hammadan ko‘ra ko‘proq loyiqroq edi. Fikrimcha adolatsizlik bo‘ldi.
Mana nima uchun men Globe Soccer Awards ni hurmat qilaman. Ular to‘g‘ri baho berishadi", - dedi portugaliyalik futbolchi.