"Inter" ham "Siti" himoyachisiga qiziqyapti
Himoyachi Kayl Uoker “Manchester Siti”ni tark etib, boshqa davlatdagi jamoaga o‘tmoqchi. Bu haqda "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola aytib o‘tdi.
So‘nggi kunlarda 34 yoshli Uokerning "Milan"ga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Biroq A Seriyaning yana bir top-klubi "Inter" tajribali angliyalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, "Inter" Uokerni "Manchester Siti"dan ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kayl Uokerning so‘nggi yillardagi Angliya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.