Bellingem o‘zining logotipini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi (foto)
Jud Bellingemning logotipi savdo belgisi sifatida ro‘yxatga olinadi.
Mirror nashrining xabar berishicha, Bellingemga tegishli Bello&Bello Ltd kompaniyasi JB savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish niyatida - ariza o‘tgan yil oxirida berilgan edi.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisining logotiplari kanselyariya buyumlari, tish cho‘tkalari, choy to‘plamlari, ko‘rpa-to‘shaklar, yostiq jildlari, ro‘molchalar, archa bezaklari va puflanadigan o‘yinchoqlar kabi mahsulotlarning savdo belgisi sifatida foydalanish rejalashtirilgan. Ilova pivo, oqsilli ichimliklar va smetanalarga ham tegishli.