"Sevilya" himoyachisiga APLning ikki yetakchi klubi qiziqish bildirmoqda
"Sevilya" markaziy himoyachisi Loik Bade Angliya Premyer-ligasida o‘ynashi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Potensial kelishuv qiymati 25-30 million yevroga baholanmoqda. 25 yoshli Bade 2023 yilning yozidan buyon "Sevilya"da o‘ynamoqda.
Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Badening "Sevilya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.