Fernandeshning "Liverpul" bilan durangdan ko‘ngli to‘lmadi
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Angliya chempionati 20-turining "Liverpul"ga qarshi o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
- Biz qoniqish hosil qilolmaymiz. Men juda xafa bo‘ldim. Agar biz bunday futbolni "Enfild"da namoyish eta olsak, nega buni har hafta qila olmasligimiz kerak? Biz o‘zimizdan ko‘proq narsani talab qilishimiz kerakligini tushunishimiz kerak", - deya Fernandeshdan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.