Antonio kasalxonadan chiqarildi
Mikail Antonio baxtsiz hodisadan keyin kasalxonadan chiqarilgan.
"Vest Xem" forvardi 7 dekabr kuni avtohalokatga uchradi. U operasiya qilingan.
Antonio bugun kasalxonadan chiqdi, deb yozadi The Times. Hujumchi tiklanish jarayonini uyda davom ettiradi va hech bo‘lmaganda joriy mavsum oxirigacha boshqa maydonga tushishi kutilmaydi.
Avvalroq Antonio bir yilga yaqin maydonga tusha olmasligi xabar qilingandi.