"Bavariya" himoyachisi Angliyaga o‘tishga qiziqmoqda
Myunxenning "Bavariya" klubi chap qanot himoyachisi Alfonso Devis turli xil karyera imkoniyatlarini o‘rganmoqda. 24 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng, myunxenliklar bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agentga aylanishi mumkin.
TBR Football xabariga ko‘ra, Devis Angliya Premyer-ligasi klubiga o‘tishga tayyor. Kanadalik futbolchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Real Madrid" uzoq vaqtdan beri yulduz futbolchi uchun kurashda favorit hisoblangan. Devis 2019 yildan beri “Bavariya” safida 216 ta o‘yinda maydonga tushdi.