Arteta "Arsenal"ning g‘alabasidan keyin fikr bildirdi
Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta “Ipsvich” ustidan qozonilgan minimal g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz birinchi bo‘limda ustunlik qildik va ko‘proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘lim biz uchun unchalik yaxshi boshlanmadi. Saka yo‘q bo‘lsa ham ajoyib ish qildik. Hammasi boshqacha bo‘ladi, o‘yinchilar yangi sharoitlarga ko‘nikishi kerak”, dedi Arteta.
"Arsenal" 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Liverpul” (42) hamon peshqadam.