Ake Savioning yorqin o‘yini haqida fikrlarini bildirdi
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake jamoa vingeri Savioning yorqin o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- U hamma joyda o‘ynay oladi, u juda zo‘r. U kelganidanoq mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham o‘z iqtidorini darhol namoyon etdi. U juda yaxshi driblingchi, juda baquvvat", - deya Ake so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Joriy mavsumda 20 yoshli Savio barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.