Savio: "Bugun biz juda ko‘p yugurishimiz kerak edi"
"Manchester Siti" vingeri Savio Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi "Lester" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) fikr bildirdi.
Braziliyalik futbolchi 21-daqiqada hisobni ochdi - uning “shaharliklar” safidagi ilk goli edi.
Uchrashuv so‘nggida Erling Xoland mehmonlarning g‘alabasini ta’minladi.
"Bugun biz juda ko‘p yugurishimiz kerak edi, biz bunga borimizni berdik. 1:0 hisobi bilan g‘alabani ushlash juda qiyin bo‘ldi, jismoniy kurash ko‘p bo‘ldi, bu bizdan jiddiy harakat talab qildi.
Eng muhimi, biz uch ochko oldik. Yilning ajoyib yakuni. Umid qilamanki, 2025-yilda yanada muvaffaqiyatli ishtirok etamiz", - deya Savioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Manchester Siti» matbuot xizmati.