Ronaldinyo AQSH klubining hammuallifiga aylandi
"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi AQSH Birinchi ligasida o‘ynaydigan "Grinvil Triumf" futbol klubining aksiyadoriga aylandi.
Janubiy Karolina klubi 2018 yilda tashkil etilgan va MLSga kirish niyatida.
Ronaldinyo shartnomani 9 oktyabr kuni Nyu-York fond birjasida imzoladi, u yerda unga savdo kuni boshlanishi munosabati bilan qo‘ng‘iroq chalish sharafi ham berildi.
"Bu men va bizning guruhimiz uchun barcha yoshdagi futbol rivojini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ishtirok va madaniyatlarning noyob aralashmasini qadrlaydigan hamjamiyatning bir qismi bo‘lish imkoniyatidir", dedi Ronaldinyo.