Ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Emma Xeys - yilning eng yaxshi murabbiyi.
AQSH terma jamoasini boshqarayotgan mutaxassis "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi doirasida France Football nashrining Yoxan Kroyff mukofotini oldi.
Olimpiada turniri finalida Xeys boshchiligidagi AQSH terma jamoasi Braziliya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
AQSH bosh murabbiyi Emma Xeys o‘sha yili "Chelsi" bilan ayollar o‘rtasidagi Angliya chempionatida g‘olib chiqdi. 47 yoshli mutaxassis London klubida 12 yil ishlagan.