Ronaldinyo ikki klubning aksiyadoriga aylandi
«Barselona» afsonasi Ronaldinyo Amerika klublari «Grenvill Triumf» hamda «Grenvill Liberti» jamoalarining egalaridan biriga aylandi.
U 9 oktyabr kuni Nyu-York fond birjasida shartnoma imzoladi va klub aksiyadori sifatida tanishtirildi.
«Triumf» jamoasi 2018 yilda tashkil qilingan va Shimoliy Amerikaning uchinchi divizioni bo‘lgan «USL League One»da o‘ynaydi. «Liberti» esa ushbu loyihaning ayollar jamoasi hisoblanadi va professional ayollar divizioni bo‘lgan «USLW» ligasida raqobatlashadi.