FIFA La Liganing ikki klubiga transfer taqiqini joriy qildi
FIFA "Malrka" va "Rayo Valyekano" klublariga transfer taqiqini joriy qildi.
9 yanvar kuni FIFA rasmiy saytida La Liganing ikki klubiga 2026 yilgacha yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Marca xabariga ko‘ra, "Rayo Valyekano" FIFA sanksiyalaridan bexabar edi va yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangani haqida birinchi marta eshitmoqda. "Malyorka" transfer taqiqini ma’muriy xato deb tushuntirdi va endi muammo hal qilinadi.