"Atletiko" Lemarning javobini berdi
AS o‘z sahifalarida xabar berishicha, Madrid klubi hujumkor yarim himoyachi Toma Lemarning qishki transfer oynasida jamoani tark etishini istamoqda.
“Matraschilar” 29 yoshli futbolchini ijaraga berishmoqchi va hattoki maoshining bir qismini to‘lashga ham tayyor. 2024/2025 yilgi mavsumda Lemar "Atletiko"da atigi ikkita o‘yinda maydonga tushdi.
Fransiyalik futbolchi mushaklaridagi muammolar tufayli bir necha oylarni o‘tkazib yubordi. Lemarning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.