Fernandesh: "Har qanday o‘yinga tayyorlana bilish kerak"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Angliya kubogida "Arsenal" ustidan qozonilgan penaltilar seriyasidagi g‘alaba (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Albatta, biz maydonda azob chekishimizga to‘g‘ri keldi, chunki bir kishi kam bo‘lib o‘ynash har doim qiyin.
Biz birlashdik, shuning uchun biz g‘alaba bilan taqdirlandik. Bilaman, jamoada hamma bu natijani nishonlamoqchi, ammo hozir bor e’tiborimizni “Sautgempton”ga qaratishimiz kerak. Katta o‘yinlarda hamma o‘zini eng yaxshi ko‘rsatadi, lekin har qanday o‘yinga tayyorlana bilish kerak", - deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi BBC One.