Arteta: "Men juda xavotirdaman"
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Gabriel Jezusning jarohati haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" bilan kubok uchrashuvining birinchi bo‘limi yakunida Jezus Bruno Fernandesh bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat olgandi.
"Men juda xavotirdaman, hozir shuni his qilyapman. Uni zambilda olib ketish kerak edi. U tizzasini ushlab turardi, ishlar unchalik yaxshi ko‘rinmaydi", - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.