Langle: "Oxirigacha kurashish bu klubning qonida bor"
Kleman Langle "Atletiko"ning qadriyatlarini baham ko‘rishini aytdi.
"Oxirigacha kurashish bu klubning genida bor. Birinchi bo‘lim yaxshi o‘tdi, lekin oldinda uzoq yo‘l bor va futbolda hamma narsa tez o‘zgarib turadi. G‘alaba qozonish uchun siz 100% ishlashingiz kerak.
Qadriyatlar nuqtai nazaridan, men Antuan Grizmann bilan ko‘p gaplashdim va klubda o‘zimni tan olgan juda kuchli qadriyatlar borligini bilardim. Bularning barchasi mening shaxsiyatimga to‘g‘ri keladi deb o‘yladim", dedi “Atletiko” himoyachisi.