Arteta Jezusning xet-triki haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya liga kubogi chorak finalida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Xet-trik muallifi "kanonirlar"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus bo‘ldi.
"Hozir hamma narsa barqarorlikka bog‘liq bo‘ladi. Bu jamoaga ko‘p narsalarni olib kelgan uchqun lahzasi edi. Biz Jezusga ishonishimiz mumkin, u o‘yinning borishini o‘zgartira oladi. Biz unga ko‘proq imkoniyat berishimiz kerak", - deya Arteta so‘zlarini keltirmoqda BBC.
"Arsenal" navbatdagi o‘yinini 21 dekabr, shanba kuni yana "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazadi.