Slot futbolchisini maqtadi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slott Liga kubogi chorak finalida "Sautgempton" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) yarim himoyachi Vataru Endoni maqtadi.
Yaponyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va final hushtagigacha o‘ynadi. Mersisaydliklar Darvin Nunyes va Xarvi Elliotning gollari evaziga g‘alaba qozonishdi.
"Agar kimgadir katta iltifot aytishim kerak bo‘lsa, bu Endo bo‘lishi kerak. Uning fe’l-atvori va mentaliteti uning qanchalik sifatli futbolchi ekanligini ko‘rsatadi", dedi Slot o‘yindan keyingi intervyusida.
Bu mavsumda Vataru Endo faqat Liga kubogi o‘yinlarida asosiy tarkibda o‘ynayapti. Premyer-liga va Chempionlar ligasida u zaxira o‘yinchisi bo‘lishga rozi.