Tuxel Mudrikni «Bavariya»ga olib o‘tmoqchi bo‘lgan
Myunxenning «Bavariya» klubi «Chelsi» vingeri Mixail Mudrikni 2024 yilning yanvarida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.
Yil boshida myunxenliklar 23 yoshli ukrainalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgandi. Bu harakat Tomas Tuxel «Bavariya» bosh murabbiyi bo‘lganida mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni «Chelsi» futbol assosiasiyasi (FA) test sinovi salbiy natijasi tufayli Mudrik vaqtinchalik futboldan chetlatilganini tasdiqlagan edi.
Joriy mavsumda Mixail klub va terma jamoa safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.