"Milan" yarim himoyachisi Noa Okafor "Leypsig"ga ijara asosida o‘tishga yaqin turibdi.
Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi 24 yoshli shveysariyalik futbolchini mavsum oxirigacha taxminan 1 million yevro evaziga, 25 million atrofida sotib olish opsiyasi bilan ijaraga beryapti.
Kelishuv bugun yakunlanishi kutilmoqda.
Okafor A Seriyaning joriy mavsumida 11 uchrashuvda 1 ta gol urdi.