Luis Enrike: "Avvalo, "Sent-Etyen"ni tabriklayman"
Luis Enrike "PSJ"ning Liga 1da "Sent-Etyen" ustidan qozonilgan g‘alabasiga (2:1) baho berdi.
"Avvalo, "Sent-Etyen"ni tabriklayman. Ularning o‘yinni qo‘rqmasdan boshlashlari, to‘pni nazorat qilishlari va yuqori pressing qilishlari menga juda yoqdi.
Bizga kelsak, ochilishda biroz adashib qoldik. O‘yinning boshlanishi menga umuman yoqmadi. Keyin vaziyatlar yarata boshladik va urgan gollarimiz bizga dalda berdi.
Siz jurnalistlar odatda gol urganlarni ajratib ko‘rsatasiz, lekin men hammani hurmat qilaman. Jamoaning vazifasi - eng yaxshi o‘yinchilarning kuchli tomonlaridan foydalanish. Biz yirikroq hisobda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo samaradorlik yetishmadi. Biz o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oqlashimiz kerak – men yangi hech narsa aytmayapman", — dedi "PSJ" ustozi.