Luis Enrike: "O‘yin tugaganidan keyin darhol futbolchilar bilan gaplashish noto‘g‘ri"
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike o‘yinlar tugaganidan so‘ng darhol jamoasi futbolchilari bilan muloqot qilishni noo‘rin deb hisoblaydi.
— "Nant" bilan uchrashuvdan keyin futbolchilarga nima dedingiz? ("PSJ" Liga 1ning 13-turi doirasida "Nant" bilan o‘ynadi (1:1)
— O‘yindan keyin hech qachon futbolchilar bilan gaplashmayman. Men buni barcha yuqori va o‘rta darajadagi murabbiylarga, shuningdek, bolalar murabbiylariga qilishni tavsiya qilaman. Uchrashuv tugagach, hech narsa haqida gapirmaslik kerak. Agar jamoa mag‘lub bo‘lsa, u shokda bo‘ladi. Seshanba kuni o‘yinni tomosha qilgandan so‘ng hammasi tahlil qilinadi va yig‘ilish o‘tkaziladi", - dedi Lius Enrike AS bilan suhbatda.