Luis Enrike "PSJ"ning YECHLdagi yomon natijalariga aybdorni ko‘rsatdi
Chempionlar ligasining besh turida “PSJ” to‘rt ochkoni qo‘lga kirita oldi. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike qit’aning klublar o‘rtasidagi asosiy turniridagi natijalar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
"Mas’uliyat globaldir, u butun jamoaga tegishli. Biz qahramonlar yoki yovuzlarni qidirmasligimiz kerak. Har doim kimnidir ayblash istagi bor. Agar kimdir aybdor bo‘lsa, bu menman. Men javobgarman. Bo‘ldi – aybdorni topdingiz. Bundan buyon barcha tanqidlarni qabul qilaman" - dedi Enrike Canal+ nashriga.
Chempionlar ligasining navbatdagi turida “PSJ” safarda “Red Bull Zalsburg”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 10 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.