"Roma"ning moliyaviy muammolari kamaydi
"Roma"ning yillik zarari 81,4 million yevroni tashkil qilgan.
ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, klub 2023/24 yilgi mavsum yakunida yo‘qotishlar kamayishini qayd etgan. Klubning moliyaviy yil hisoboti 30 noyabr kuni taqdim etiladi.
Ma’lum qilinishicha, amerikalik xo‘jayinlar 2023/24 yilgi mavsumning dastlabki oylarini hisobga olgan holda klubga jami 621,7 million yevro sarmoya kiritgan, bundan tashqari klubni sotib olish uchun 199 million yevro va huquqiy muammolarni hal qilish uchun 25,9 million yevro ajratilgan.
Bundan tashqari, uy uchrashuvlari uchun chiptalar sotuvi organ, o‘rtacha 63 ming muxlis tashrif buyurdi. Shuningdek, 131 ming dona futbolka sotildi, bu Rim klubi uchun mutlaq rekordga aylandi.
Klubning operasion xarajatlari taxminan 15 million yevroga qisqardi.
Biroq, 2020-yil avgust oyida milliarder Den Fridkin klubni sotib olganidan beri “Roma”ning umumiy yo‘qotishlari 588,1 million yevroni tashkil etadi, bu quyidagicha taqsimlanadi:
2020/21-mavsum: 185,3 million yevro.
2021/22-mavsum: 219,1 million yevro.
2022/23-mavsum: 102,7 million yevro.
2023/24-mavsum: 81,4 million yevro.