"Real" o‘tgan mavsumda 16 million yevro ishlab oldi
Madridning "Real" klubi o‘tgan mavsumdagi daromadini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi Marca.
Shu tariqa, ispanlarning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil qildi, bu 2022/2023 yilgi mavsumdagidan 230 million yevroga ko‘p. Klubning yakuniy foydasi soliqlardan keyin 16 million yevroga yetdi, bu o‘tgan yilgidan 4 million yevroga ko‘p.
Soliqlar va ijtimoiy to‘lovlarni hisobga olgan holda xarajatlar 277,1 million evroni tashkil qildi.
Manbaning qayd etishicha, bu mavsumda jamoa xarajatlari sezilarli darajada kamaygan. Shu tariqa, bu yili ular 504 million yevro va o‘tgan yili 482 million yevroni tashkil etdi. Klubning uchta sovrinni qo‘lga kiritgan bonuslari 40 million yevroni tashkil etdi.